Goniometr

Goniometr (Yun. gonia — bur- chak va metr) — ikki yoqli burchaklarni o’lchaydigan asbob. Silliqlangan me- Tall va kristallar qirralari burchagi- ni o’lchashda ishlatiladi. G.ning bevosi- ta qirralarga qo’yib o’lchaydigan va nur qaytishiga asoslanib o’lchaydigan xil- lari bor. Nur qaytishiga asoslangan g. yakka aylanali va qo’sh aylanali bo’ladi; ikki qirradan qaytgan nurlar orasidagi burchakni o’lchaydi. Bunday G. Gorizontal metall yoki shisha doira, kursicha, kuza- tish trubasi va qo’zg’almas kollimatordan iborat. Kollimatordan tushgan nurlar kristall qirralaridan qaytadi va kuza- tish trubasiga tushadi. G. geologiya, mine- ralogiya, petrografiya, kristallografiya va b. sohalarda ishlatiladi.