Gopak

Gopak (ukraincha gopati — sakramoq, gop — raqs paytida ayti- ladigan hayqiriq so’zidan) — ukrain xalq raqsi. Asosan erkaklar tomonidan ijro etiladi. Sur’ati tez, o’lchovi 2/4. Sakrash, tez aylanish, ketma-ket o’tirib turish kabi harakatlardan iborat. Ba’- zan ulug’vor va qahramonona xarakterga ega bo’ladi. G. qo’shiqlari va cholg’u Kuyla- ri xalq orasida mustaqil musiqa asari sifatida ham ommalashgan. Rus va Ukra- in kompozitorlari (M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, N. RimskiyKorsakov, S. Gu- lak-Artyomovskiy va b.) G. janridan keng foydalanishgan.