Gorbachev Mixail Sergeevich
Gorbachev Mixail Sergeevich (1931.2.3, Stavropol o’lkasi, Privol- Noe qishlog’i) — siyosiy arbob; SSSRning 1 – va oxirgi prezidenti (1990-91). KPSS MK Bosh kotibi (1985-91). Moskva dav- lat un-ti yuridik fakultetini (1955) va Stavropol q.-x. in-tini (1967) tamom- lagan. 1970 y. apr.dan KPSS Stavropol o’lka qo’mitasining 1-kotibi. KPSS MK kotibi (1978— 85), SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1988— 89). SSSR Oliy Soveti raisi (1989— 90). KPSS MK siyosiy byurosi a’zosi (1980-91). Kfl uma qurish va jamiyatni demokrati- yalashtirish jarayonini boshlab berdi. G. olib borgan siyosat G’arbda qo’llab- quvvatlangan bir paytda mamlakatdagi izchil kommunistlar va harbiylar uning faoliyatiga qarshi edilar. Bu xildagi qarama-qarshiliklar, siyosatni yuritish- da izchillikka rioya qilmaslik natijasi- da jamiyat hayotining hamma sohalarida tanazzulning kuchayishi yuz berdi. KPSS faoliyati tugagach va SSSR tarqalib ket- gach, g. Bosh kotib va Prezident lavozim- laridan iste’foga chiqdi. 1991 y. dek. dan xalqaro ijtimoiy-iqgisodiy va si- yosatshunoslik tadqiqotlari jamg’armasi («Gorbachev jamg’armasi»)ning Preziden- ti. Tinchlikni mustahkamlash yo’lida ko’rsatgan faoliyati uchun Nobel muko- Foti laureati (1990).