GO’RGON TEKISLIGI

GO’RGON TEKISLIGI – Kaspiybo’yi pasttekisligining Janubiy- Sharqiy qismi. Erondagi Elbrus tog’i etagida. Uzunligi 80 kilometr, eni 40 kilometrgacha. Antropogen va dengiz qumgil hamda delta-allyuvial yotqiziqlaridan tuzilgan. Yaylov-sho’rxok tuproqlarda sho’rxok efemer o’simliklar o’sadi. Tekislikning bir qismi o’zlashtirilgan, ekin (g’o’za, bug’doy va boshqalar) ekiladi.