Gorkiy Maksim

Gorkiy Maksim (taxallusi; asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov) (1868.16(28).3, Nijniy Novgorod — 1936.18.6, Moskva) — rus yozuvchisi va ja- moat arbobi. Sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasi boshkaruvining birinchi raisi. G. bir qator roman («Foma Gordeev», 1899; «uchovlon», 1990-01 va b.), hikoya («Konovalov», «Chelkash» va b.) va dra- matik asarlar («meshchanlar», «tuban- likda», 1902; «Chorbog’chilar», 1904 va b.) muallifi.»Tubanlikda» pesasida g. shafqatsiz hayot tubanlikka itqitgan in- sonlarning azob-uqubatlarini mahorat b-n bergan. «Ona» (1907) romanida birin- chi bo’lib adabiyotda inqilobiy kurashni xayrixoqlik b-n tasvirlagan. «Bolalik» (1913-14), «odamlar orasida» (1915— 16), «mening dorilfununlarim» (1923) qissalari avtobiografiyu asarlardir. G. Sharq xalqlari tarixi b-n qiziqib, «Italiya ertaklari» (1911 — 13) asari- da Sharq mifologiyasidan o’z badiiy ni- yati asosida foydalandi, rus adabiyotida Amir Temur siymosiga ilk bor muroja- at etib, uning tarixiy haqiqatdan uzok- dashgan obrazini chizdi. G. Mehnatkash ommaning Lenin rahbarligida 1917 i. okt.da mamlakatni ostin-ustun qilish, ko’plab begunoh kishilarning qonlarini to’kish hisobiga tarixiy jarayonni o’zgartirmoqchi bo’lganini va Favqulodda komissiya qatliomini keskin qoraladi, ko’pgina yozuvchilarni bolsheviklar- ning ta’qibidan saqlab qoldi. U o’sha vaqtdagi vaziyatda Rossiyada sosiali- stik inqilob bemavrid va halokatli, deb hisoblaydi. Avval xalqning mada- niy saviyasini ko’tarish, so’ng inqilob qilish mumkin, deb o’ylagan («bemavrid fikrlar» publisistik asarlar turku- mi, 1917-18). Ammo keyinchalik g. o’zi qarshi bo’lgan sosialistik inqilobiy kurash tomoniga butunlay o’tib keta- Di. G. bir qancha (L. N. Tolstoy, A. P. Chexov, V. G. Korolenko va b. haqidagi) adabiy portretlar muallifi. «Arta- monovlar ishi» romani (1925)da yangi tarixiy avlodning g’alabasi qonuniy ekanligini tasvirlagan. «Jahon ada- biyoti» nashriyoti, «shoir kutubxonasi», «Ajoyib kishilar hayoti» va b. Kitoblar turkumi uning faol ishtirokida tashkil qilindi. Kiborlar halokati va inqilob g’alabasi muqarrarligi «Egor Bulichev va boshqalar», «Dostigaev va boshqalar» (1933), «Vassa Jeleznova» (2-nashri, 1935) pesalarining bosh mavzuidir. «Klim Samginning hayoti» roman-epope- yasida (1927— 36; 4-qism tugallanmagan) rus xalqining 20-a. boshlaridagi g’oyaviy- ijtimoiy kurashi, hayoti aks etgan. G. chet elda (1921-31) va Rossiyaga kaytga- nidan keyin zamonaviy adabiyot g’oyaviy- estetik tamoyillari (shu jumladan, sosialistik realizm nazariyasi)ning shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi va shu yo’sinda kompartiyaga adabiyotni o’z monopoliyasidagi g’oyaviy qurolga ay- lantirib olishiga ko’maklashadi. Sovet davlati rahbarlari g.ning katta xalqaro obro’sidan o’z maqsadlari yo’lida foy- dalandilar. Ular makri b-n aldangan g. 30-y.lar boshlaridagi qatag’on siyosatini tarbiyaviy aqamiyatga molik tadbir, deb tushundi. G. ijodi ta’sirida boshqa mil- liy adabiyotlar (frantsuz, nemis, ingliz, Xitoy kabi)da ham sosialistik realizm metodiga asoslangan asarlar ko’plab yara- tildi. G. asarlari 30-y.larning boshida dastlab Cho’lpon, keyinchalik A. Qahhor, Oybek, H. Olimjon, M. Ismoiliy va b. tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilindi. Aksariyat pesalari O’zbekistan teatrlarida sahnalashtirilgan. As: asarlar [10 jildli], T., 1968-78. Naim Karimov, Shuhrat Rizaev.