Gormonlar
Gormonlar (Yun. hormanino — qo’zg’ataman) — ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va to’qima suyuqligiga o’tadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli a’zo hamda to’qimalarning faoliyatini boshqaradi. Ba’zilari muayyan a’zolarga, mas, tire- otrop gormon asosan qalqonsimon bezta, adrenokortikotrop gormon (AKTG) buy- rak usti bezlarining po’stloq qavatiga, estrogenlar bachadonga ta’sir etadi va h.k. Boshqalari (qalqonsimon bez g.i, kortikosteroidlar, o’sish gormoni va b.) organizmning hamma to’qimalariga (umu- miy) ta’sir ko’rsatadi. G.ning o’ziga xos ta’sir etishi turlicha kimyoviy tuzilgan- ligiga bog’liq; mas, insulin uglevodlar almashinuviga ta’sir etadi, testoste- Ron va b. androgenlar assimilyasiya ja- rayonlarini kuchaytiradi, organizmda azot to’planishiga sabab bo’ladi, glyuko- kortikoidlar moddalar almashinuvi- ni o’zgartirib, jigarda glikogen hosil bo’lishini, ayniqsa biriktiruvchi va limfoid to’qimada oqsillarning parcha- lanishini, estrogenlar bachadonda fos- folipidlar b-n oqsil sintez bo’lishini kuchaytiradi, o’sish gormoni (somatotrop G.) yog’, fosfor va kaltsiy almashinuvi- ga ta’sir etadi. G. hujayraning genetik apparatini stimullash, fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaktsiya- lar tezligini o’zgartirish yo’li b-n mod- dalar almashinuviga ta’sir ko’rsatadi. Ular oqsilning tuzilishini belgilab beradigan informasion ribonuklein kislotasining hosil bo’lishini kuchay- tirib, oqsillar biosinteziga ta’sir etadi. O’sish va jinsiy g. Organizmning o’sishini, balog’atga etishini boshqaradi. Zarur paytda organizm imkoniyatlari g. ishtirokida safarbar qilinadi. Mas, xavf-xatar taxdid qilganda va shu muno- sabat b-n muskullarga zo’r kelganda adre- nalin ko’proq chiqib, qondagi glyukozani ko’paytiradi, yurak va miyaga qon borishi- ni kuchaytiradi; organizmga zararli ta’- sir ortganda AKTG ko’proq chiqadi. Orga- nizm normal yashab, ishlab turishi uchun G. ehtiyojga yarasha ishlanib chiqishi ke- rak. Nerv, gumoral va gormonal omillar o’zaro ta’sir etib, shunga yordam beradi. Ba’zan nerv sistemasi ichki sekrektsiya bezlari b-n bevosita bog’lanadi. Korin nervi ta’sirlanganda buyrak usti bezla- rining mag’iz qavatidan adrenalinning ko’plab chiqishi shundan dalolat beradi. Ba’zan qo’zg’alish nerv tolalari orqali gipotalamusa boradi, bu erda rilizing gormonlar (gipofiz g.ni ajratuvchi omillar) degan moddalar hosil bo’ladi, shu moddalar gipofizga kirib, gipofi- zar (trop) g.ning qo’shimcha chiqishiga sabab bo’ladi, bular esa periferiyadagi ichki sekrektsiya bezidan g. Chiqishini kuchaytiradi. Organizmda kandaydir biror sabab b-n g. ko’payib ketsa, gipo- talamusdan rilizing gormon chiqishi to’xtaydi, natijada gipofiz tegishli trop g.ni kamroq chiqaradi, shundan key- in periferiyadagi ichki sekresiya bez- idan g. chiqishi ham kamayadi. Qonda bi- ror g. kamayib ketsa (mas, to’qimalarda g. tez parchalanganda) rilizing g. Chiqishi kuchayadi, gipofiz trop g.ni ko’proq ish- laydi, shundan keyin periferik bez g.ni ortiqroq ishlab chiqaradi. Gipotalamus- da gipofizning ba’zi g.ini ingibir- lovchi neyrogormonlar (prolaktostatin, melanostatin, samotostatin) ham ishlab chikariladi. Ular ta’sirida tegishli gipofiz g.ining hosil bo’lishi kamaya- Di. Qondagi G. miqsori o’z-o’zidan ham boshqariladi. Mas, glyukoza ko’payib ketganda u glikogenning parchalanishi- ni tezlatib, glyukoza miqdorini ort- tiruvchi adrenalin kontsentrasiyasini kamaytiradi. Organizmda natriy Tuzla- ri etishmasa, buyrak usti bezlarining po’stloq qavatidan aldosteron chiqishi kuchayadi, natijada buyrak kanalchalari- da natriy tuzlari ko’proq qayta so’rilib, organizmda ushlanib qoladi. Demak, G. ma’lum miqdorda ishlanib chiqib, mod- dalar almashinuvini va organizmning boshqa funktsiyalarini ta’minlaydi. Ad.: Turakulov Ya. X., Tireoidnie gor- moni, T., 1972: Reznikov A. G., Polo- vie gormoni i differentsiasiya mozga, Kiev, 1982; Korn e va E. A., Gormoni i immunnaya sistema, L., 1988; konoplya E. F., Membrannie mexanizmi gor- monalnoy regulyasii. Minsk, 1991. Zoirxo’ja Akbarov.