Gorodnichiy

Gorodnichiy (ruscha)-shahar boshlig’i, hokimi. XVI asrdan boshlab Moskva davlati, keyinroq Rossiya imperiyasida mahalliy ma’muriy vakil. 1775-1785 yillarda Gorodnichiy uyezd shaharlarida ma’muriy-politsiyachilik ijrochi hokimlik vazifasini o’tagan. XIX asrda Gorodnichiy, asosan, jangda yarador bo’lgani uchun xizmatdan bo’shagan ofitserlardan tayinlangan. Gorodnichiy mansabi 1862 yili bekor qilingan.