Gotlar

Gotlar — milodning boshlarida yashagan Sharqiy german qabilalaridan biri. Tarixchi Iordan (6-a.) asarida G.ning asl vatani Skandinaviya bo’lib, keyinchalik Boltiq dengizi bo’ylari, Vislaning quyi oqimidagi erlarda yashaganligi ko’rsatilgan. 2-a. Oxirida Jan.-sharqqa siljib, 3-a. Boshlarida Shim. Qora dengiz bo’ylarida o’rnashib qolishgan. Bu erda ular erli skif va sar- mat qabilalari b-n aralashganlar. 238 y.dan boshlab g. boshqa qabilalar b-n ittifoq tuzib, Rim imperiyasi, Bolqon, Kichik Osiyo ya.o.lariga qarbiy yurishlar uyushtirishgan, 271 y.da g. Rim imperi- yasining Dakiya viloyatini bosib oladi. Qora dengiz bo’yidagi va Rim imperiyasi- dagi shaharlarning rivojlangan madani- yati g. madaniyatining o’sishiga katta ta’- sir ko’rsatadi. G. shu davrda vestgotlar (hoz. Moldova va Ruminiyaning Sharqiy tomonlaridagi erlarda yashaydigan), ost- gotlar (shim. Kora dengiz bo’yi, Dnes- trning Sharqiy tomonlarida yashovchi) guruhlarga bo’lingan. 4-a. o’rtalarida vestgotlar orasida xristianlik tarqala boshladi. 4-a.ning 70-y.larida gunnlar G.ning erlariga hujum qilishib, 375 y.da vestgot, ostgot hamda ularga qo’shni dasht qabilalari ittifoqini tor-mor etisha- Di. Shundan so’ng vestgot va ostgotlarning tarixi alohida-alohida izdan ketadi. Ad:. Iordan . O proisxojdenii i deyani- yax getov, M., 1960.