GO’YANDALIK

GO’YANDALIK — xalq orasida keng tarqalgan professional so’z san’ati ko’rinishlaridan. Go’yandalik bilan shug’ullanuvchi odam go’yanda deb nomlangan. Badiiy so’z ijrochiligining mumtoz an’analariga ko’ra, Go’yandalik san’ati ijrochilik jarayoni hamd (Xudoning maqtovi) va na’t (Muhammad (as) madhi)dan boshlanib, keyin aniq bir voqea va hodisalar bayoniga kirishilgan. O’rta asrlarda Go’yandalik san’ati g’oyat rivojlangan va ijtimoiy mavqega ega bo’lgan, Go’yandalik bilan shug’ullanuvchilar 2 toifaga: to’y- hasham va ta’ziya go’yandaligiga bo’linadi.