G’oziy

G’oziy-Islom dini uchun g’ayri dinlarga qarshi muqaddas urush – g’azavot ishtirokchisi. Shariatga ko’ra, bunday urushda oti va qurol-yarog’i bor har bir musulmon erkak qatnashishi shart bo’lgan. Kambag’allar, qullar, nogiron va keksa kishilar bundan ozod etilgan.