GRAAF PUFAKCHASI

GRAAF PUFAKCHASI (golland anatomi R. Graaf nomidan) — odam va sut emizuvchi hayvonlar tuxumdonida tuxum hujayra etiladigan pufakcha (Follikul). Yetilgan Graaf pufakchasi yorilgach, ichidagi tuxum hujayra qorin bo’shlig’iga tushadi, undan bachadon nayiga (tuxum yo’liga) kiradi. Yorilgan Graaf pufakchasi o’rnida muvaqqat endokrin bez — sariq tana hosil bo’ladi.