Grameniskiy Sergey Mixaylovich

Grameniskiy Sergey Mixaylovich (1859.6.9—1919.5.2) — rus ma’- rifatparvari. 1881 y. Peterburg un- tini tugatib, dastlab Toshkent erlar gimnaziyasida (1881), so’ngra (1882-93) Toshkent qizlar gimnaziyasida mat., kos- mografiyadan dars bergan. 1892— 1912 y.larda Sirdaryo viloyati xalq bilim yurtlari direktori —bosh inspektor. G. o’qitish usullari va mazmunini tako- millashtirish tarafdori bo’lgan, darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanishni keng targ’ib qilgan. Uning rahbarligida Turkistondagi rus-tuzem maktablari uchun darslik va dasturlar tuzilgan, o’zi rus-tuzem maktablari uchun darslik va qo’llanmalar yozgan. Bulardan asosiysi — 3 qismdan iborat «Kniga dlya chteniya» («O’qish kitobi») kitobi. G. o’z darslikla- ri uchun 1900 y.da Parij ko’rgazmasining kumush medali b-n taqdirlangan.