Grammatik maktab

Grammatik maktab (yunoncha gramma-chiziq, harf, yozilish so’zidan)-1) Qadimgi Afinada 7-12 yoshdagi o’g’il bolalar uchun tashkil qilingan boshlang’ich maktab. O’qish, yozuv va hisob o’rgatilgan. Grammatik maktabda harflarni qo’shib so’z yasash usuli qo’llanilgan, ya’ni bolalar harflarni ularning nomlari (alfa, beta, gamma va hokazolar) bilan yod olishgan. So’ng ulardan so’z yasashgan. Yozuvga o’rgatishda jadvallarga ingichka tayoqchalar bilan harflar yozilgan. Sanoqni barmoqlar va toshchalar yordamida o’rganganlar; 2) Qadimgi Rimda patritsiylar (Qadimgi Rimda dastlabki tub joy aholi) farzandlari uchun yuqori darajadagi boshlang’ich maktab; grammatika, Rim adabiyoti va yunon tili o’qitilgan; 3) Rossiyada XVII asrda ayrim monastirlarda yunon va lotin grammatikasi, qadimgi dunyo adabiyotini o’rganish uchun tashkil etilgan maktab.