GRANT

GRANT (inglizcha grant — xadya, subsidiya, stipendiya) — maqsadli vositalar; korxonalar, tashkilotlar va shaxslarga pul va natura ko’rinishida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, o’qish, davolanish va boshqalar uchun beriladi. Odatda, Grant sohiblari muayyan sohadagi ish uchun tanlov e’lon qilish yo’li bilan aniqlanadi.