Granulyasion to’qima

Granulyasion to’qima (lot granulum — donacha), granul Yasiya — bi- riktiruvchi to’qimaning shikastlangan joyida paydo bo’ladigan, yosh, etilmagan to’qima; qon tomirlar va yosh hujayralarga boy bo’lib, a’zo yoki to’qimaning nobud bo’lgan qismini egallab boradi (et bi- tishi). Keyinchalik G. t. etila boshlaydi: ancha qattiqlashib, oqaradi va nihoyat, to’qimaga aylanadi. Organizm zaif, quvvatsiz bemorlar, shuningdek, Yoshi o’tgan kishilarda g. t. sekin o’sadi, nati- jada bemorning sog’ayishi qiyin buladi. Ba’zan (mas. oqma atrofida) g. t. ortiqcha hosil bo’lib, qizil to’qima holida te- rini turtib turadi; bu holat yaraning to’g’ri bitishiga xalal beradi. G. t.ning to’g’ri o’sishida organizmning umumiy holati katta ahamiyatga ega, shuning uchun vaqtida ovqatlanish, ovqat vitaminlarga boy bo’lishi muhim ahamiyatga ega.