GRIMALDI (GRIMALDI) FRANCHESKO MARIYA

GRIMALDI (GRIMALDI) FRANCHESKO MARIYA (1618.2.4 — Bolonya — 1663.28.12) — italyan fizigi va astronomi. Yorug’lik difraktsiyasini kashf qilgan (1665 yilda e’lon qilgan). Iezuit J. B. Richolli bilan hamkorlikda oy xaritasini tuzgan. Geliosentrik sistemaga qarshi bo’lgan. Richollining N. Kopernikkga qarshi qaratilgan traktatini tuzishda qatnashgan.