Grinvich, Grinuich

Grinvich, Grinuich — Buyuk bri- taniyadagi shahar, katga London ko- nurbasiyasida. Temza daryosining o’ng sohilida joylashgan. Aholisi 215,3 ming kishi (1997). Shahar astronomiya rasadxonasi bo’lganligi b-n mashhur (q. Grinvich astronomiya rasadxonasi). G.dan butun dunyoda vaqt va uzunlik hisobiga asos qilib olingan Grinvich meridian o’tadi. Milliy dengizchilik muzeyi bor.