Grozniy
Grozniy – RF dagi shahar (1870 y.dan), Chechen Respublikasi (Ichkeriya) poytaxti (1944 y.dan 1957 y.gacha Grozniy viloyatining markazi). Sunja daryosi (Te- rek irmog’i) vodiysida joylashadi. T. y. stantsiyasi. Xalqaro aeroport (Xonqal’a) bor. G. 1818 y.da Grozniy qal’asi sifa- tida barpo etilgan. 19-a. oxirida Beslan — Petrovskport (hoz. Maxachqala) t. y. qurilishi va neft sanoatining vujud-ga kelishi b-n tez o’sa boshladi. G. neft qazib olish rnining markazi. Sanoa- ti neftni qayta ishlash, neft kimyosi, kimyo, mashinasozlik (neft jihozlari, tibbiy asboblar va b.), oziq-ovqat (kon- serva, vino, vino-konyak, sut-yog’, pivo z-dlari, go’sht k-ti, makaron, konditer f-kalari va b.) va engil sanoat korxona- lari (tikuvchilik va poyabzal f-kalari) dan iborat bo’lgan. 3 oliy o’quv yurti (shu jumladan un-t), 3 teatr, o’lkashunoslik, tasviriy san’at muzeylari bor. Rossiya armiyasi va ichki qo’shinlarining cheche- nistonda separatizmga barham berish maqsadida 1995 va 2000 y.larda olib borgan harbiy operasiyalari natijasida G. butunlay vayron qilib tashlandi. Shu bois g. aholisi keskin kamaydi, 2000 y.da taxm. 70 ming kishi (1992 y.da 387,5 ming kishi edi).