Grunt suvlari
Grunt suvlari — er yuzasidan pastda, birinchi suvli tog’jinslari g’ovaklarida yig’ilgan suv. G. s. o’zidan suv o’tkazmaydigan ikkinchi qatlam usti- da bo’ladi. Bu qatlam giltuproq, yaxlit ohaktosh, otqindi hamda metamorfik jinslardan iborat bo’lishi mumkin. G. s. er yuzasidan kanal, Daryo, yog’in suv- lari, atmosferadagi suv bug’larining (quyuqlashganidan keyin) tog’jinsla- ri g’ovaklaridan pastga tushib, suv o’tkazmaydigan qatlamda yig’ilishidan paydo bo’ladi. Ularning joylanishi chuqurligi suv o’tkazmaydigan qatlamning yotish holati va suvli tog’jinslari qatlamiga bog’liq. G. s. er yuziga yaqin bi- rinchi g’ovak qatlamda joylashadii uchun uning sathi, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari erning ustki qismidagi tabiiy (havo harorati, yog’inning turi va miqdori, tabiiy suv havzalarining er yuzasiga yaqin-uzoqligi) va sun’iy (suv omborlari, sug’orish inshootlari, kanalizasiya va h. k.) sabablarga ko’ra o’zgarib turadi. G.s. Daryo vodiilaridagi allyuvial yotqiziqlar (qum, qumtuproq, shag’al) hamda muzliklarning surili- shi natijasida yotqizilgan tog’jinsla- ri va sahrolardagi Dyun yotqiziqlari g’ovaklarini to’ldirib turadi. Shahar va sanoatni toza suv b-n ta’minlash- da g. s goho asosiy manba bo’lib xiz- mat qiladi. O’zbekiston hududida g.s.ning paydo bo’lishi, tarqalishi va ularni qidirish hamda ishlatish US- lublari G’. O. Mavlonov, O. K. Lange, N. A. Kenesarin, U. M. Ahmedsafin va b. tomonidan ishlab chiqilgan. Masharif Boqiev.