Guantanamo

Guantanamo — Kubadagi shahar va port. Guantanamo provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 200 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar o’rtalari). T. y. va avtomobil yo’llari tuguni. Oziq-ovqat, to’qimachilik, tamaki, poyabzal, metall- sozlik, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. Chetga tsitrus mevalar va kofe chiqariladi. Shakarqand sanoa- tining markazlaridan biri; shokolad va likyor tayyorlanadi. G.dan 16 km masofada AQShning harbiy-dengiz bazasi (1903 y.da ijaraga olgan) bor. Shaharga 1524 y.da asos solingan.