Guberniya, Guberna, Gubernya

Guberniya, Guberna, Gubernya-Rossiyada 1708 yildan mavjud bo’lgan asosiy ma’muriy-hududiy birlik. Uyezdlarga bo’lingan. Ayrim Guberniyalar general-gubernatorliklarga birlashgan. 1917 yilga kelib 78 Guberniya mavjud edi, ulardan 25 tasi Polsha, Finlyandiya, Boltiqbo’yi davlatlariga o’tgan. 1923-1929 yillarda Guberniyalar o’rnida o’lka va oblastlar tashkil etilgan.