Gubskaya Vera Nikolaevna
Gubskaya Vera Nikolaevna [1906.26.8 (8.9), Kerch – 1953.19.10, Tosh- kent] -balet artisti, baletmeyster, pe- dagog. O’zbekistan xalq artisti (1944). Toshkent rus opera va balet teatri- da balet artisti (1930 – 35). 1939 – 42 y.lar Navoiy teatrida baletmeyster va pedagog. 1943 — 48 y.lar Muqimiy, Toshsovet nomidagi va Yangiyo’l teatrla- rida bosh baletmeyster. Tamaraxonim nomidagi Respublika balet maktabida o’qituvchilik qilgan (1935 — 41). G. in- son fe’l-atvori, his-tuyg’usi va fikrla- rini mumtoz raqs harakatlari orqali ishonarli tasvirlay olgan. Eng yaxshi partiyalari: Raymonda («Raymonda»), Ki- tri («don Kixot»), Zarema («Boqchasaroy favvorasi»), Odetta — Odiliya («Oqqush ko’li») va b. O’zbek va mumtoz raqs shak- llarini uyg’unlashtiradigan «Bahor», «Quvonch», «paxta» va b. xoreografik miniatyuralarni, shuningdek, «Gulan- dom» (usta olim Komilov, Tamaraxonim, I. Arbatov b-n hamkorliqda), «Uyqudagi go’zal», «baxt sohili» baletlarini, 20 dan ortiq musiqiy-dramatik spektak- llar raqsini sahnaga qo’ygan.