GULALVON

GULALVON (Coreopsis) — qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko’p yillik o’tlar turkumi. Poyasi 20— 100 santimetr. Guli sariq, to’pgul-savatcha, savatcha atrofidagi gultojbarglari (odatda 8 ta) tilchasimon, o’rtadagilari naychasimon. Barglari qarama-qarshi joylashgan. O’zbekistonda ikki turi (S. tinctoria, S. grandifl ora) manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.