GULCHIN
GULCHIN — 1) etik, mahsi kabi oyoq kiyimlarining tovon qismi. U qattiqroq charmdan astarli qilib tikilib, so’ngra qotiriladi. Gajak Gulchin (rangdor ip bilan gajak shaqlida tiqiladi), tumorcha Gulchin (rangdor ipda uch yoki to’rt burchaqli qilib tiqiladi), qora Gulchin (qora charmdan oddiy tiqiladi) kabi xillari mavjud; 2) kavush jagining orqa tomoniga qadalgan ko’k mag’iz.