Guldo’zi

Guldo’zi — zardo’zlikdagi asosiy tikish usullaridan. Andaza asosida ke- sib olingan naqsh (gul) yuzasining o’zi zar ip b-n qoplab tiqiladi, zamini ochiq qoldiriladi. Shuning uchun g. usulida bezatiladigan buyumning matosi, rangi, sifati hamda qo’llaniladigan g. choklari muhim ahamiyatga ega. Charm, karton yoki qog’ozdan tayyorlangan naqsh-nusxa mato- ga tikib yoki yopishtirib biriktiriladi, ustidan zar ip b-n tikib bo’rtma naqsh- gul hosil qilinadi. 19-a. o’rtalarida andaza charmdan, keyinchalik karton (Ros- siyadan keltirilgan «latta qog’oz»)dan tayyorlangan, 1870-75 y.larga oid bu- yumlar andazasi oq mesh (zamsha) charmdan tayyorlangan. Kichik gullar tagiga ba’zan paxta qo’yib, bir necha qavat taxlangan mato ustiga tahrir choki tikilgan (yana q. Zamindo’zi).