«Guliston»

«Guliston» — ijtimoiy-siyo- siy va badiiy-bezakli jurnal. Muas- sis: O’zbekiston Respublikasi mada- niyat ishlari vazirligi. Toshkent sh.da nashr qilinadi. Dastlab «er yuzi» (1925-31), «O’zbekiston qurilishda» (1932), «mash’ala» (1934) nomlari b-n jami 202 soni chiqqan. 1935 y. Fev.dan hoz. nomda. «G.»ni nashr etish 1941-67 y.gacha vaqtincha to’xtatilgan. Keyincha- lik unga Ibrohim Rahim (1967-69), Asqad Muxtor (1969-80), Mirmuhsin (1980-93) Tilab Maqmudov (1994— 2002) muharrirlik qilgan. Jur.da AB- dulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, G’afur G’ulom, Oybek, Abdulla Alaviy va b. ijodkorlarning badiiy asarlari, il- miy-publisistik maqolalari chiqib turgan. Xorijiy mamlakatlar hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar ham be- rib borilgan. Ayniqsa, 70-y.larda «g.» respublikaning eng nufuzli va om- maviy jur.laridan biriga aylangan. Jur. sahifalarida «farzandlar otalar haqida» rukni ostida 30-50-y.larda qatag’on qilingan davlat arboblari, ada- biyot va san’at namoyandalari haqida tur- kum maqolalar, «Temur tuzuklari» (to’la bo’lmagan shaklda), Rasul Hamzatovning «Mening Dog’istonim» asari chop etilgan. O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1993 y. 25 maydagi qaroriga muvofiq, respublikada nashr etilayotgan «nafo- sat» va «Guliston» jur.lari negizida «G.»jur. qayta tashkil etildi. 1994 y. yanv.dan 2 oyda bir marta chiqadi. Jur. saqifalarida madaniyat soxasiga oid ma- teriallar asosiy o’rin egallaydi. Unda madaniy meros va milliy qadriyatlar, teatr, musiqa, tasviriy san’at va xalq ijodiyoti, madaniy-ma’rifiy muassasa- lar va b. qardosh xalqlar hayoti haqida maqolalar berib boriladi. Adadi 5000 (2001). Muharriri Azim Suyun (2002 y.dan).