Gulxayridoshlar

Gulxayridoshlar (Malvaceae) -ikki pallalilardan ayritojlilarga mansub o’t va butalar oilasi. Barglari panjasimon o’yma. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yirik, oq, sariq yoki Push- ti. Kosachasi ikki kavat. Changchilari juda ko’p, ipchalari tutash. Urug’chisi bit- ta. Mevasi ko’pchiligida ko’sak. Er yuzida 80 ga yaqin turkumi va 1500 turi bor. Ko’p tropik va subtropik r-nlarda tarqalgan. Bulardan gulxayri, g’o’za, kanop, tugma- chagul, paxtagul, gulhamishabahor keng tarqalgan. O’zbekistonda 6 turkumi va 17 turi o’sadi. Ularning ko’pidan tola olinadi, dori tayyorlanadi. Manzarali o’simlik sifatida eqiladi.