Gumbaz

Gumbaz — qubba shaqlidagi suy- ri fazoviy hajmdagi tom. Tarhi ayla- na, chorsi, to’g’ri to’rtburchaqli, munta- zam ko’pburchaqli bo’ladi. Shuningdek, ko’pburchaqli xona va katta inshootlar de- vorlari ustida, ba’zan ustunlarni bir- lashtirgan doirasimon qurilma poygum- baz ustida davra ko’rinishida xom g’isht, pishiq g’isht, tosh, beton va b. material- lardan sirti silliq, qirrali, qovurg’ali piltavor ko’rinishida bo’lishi mumkin. Tarixan G. paydo bo’lishi (genezisi), taraqqiyot yo’llari, zarurati 3 sabab b-n izohlanadi: 1) tabiiy sharoit, hayot taqozosi; 2) mavjud qurilish materialla- ri imkoniyati; ayniqsa yog’och tanqis joy- larda me’morlar ko’proq gumbaz tomlar- ni bog’lagan; 3) shaklu shamoyili yuksak badiiy samara bag’ishlagani, me’moriy obrazi muhtasham mahobat kasb etgani. G.ning ilk namunalari ibtidoiy odam- lar boshpanalari — tabiiy g’orlarda, keyinchalik erto’lalarda, yog’och va xas- cho’plardan, qamish, hayvon terisi, kigiz yopilgan o’tov kabi kulbalarda mujas- Sam topib, ijtimoiy taraqqiyot mo- baynida shaqli murakkablasha borgan. Dunyo xalqlari me’morligida g.ning oddiy pog’onali, davra, suyri, bag’al (Parus, Tromp)larga ishlangan va b. turlari uchraydi. G. binoga tashqi va ichki tomondan mahobat bag’ishlaydi. O’rta Osiyodagi gumbazlar shaklu sha- moyilini kuzatib, tahlil etganda qad. turkiylarning shu yo’nalishdagi me’- moriy ijodkorlikka qo’shgan baraka- li hissasi borligini sezish mumkin. G.lar ibtidosida inson tafakkuri b-n yaratilgan o’tov (yurt) ko’rinishi, ya’ni yog’och, qamish qurilmalari orqali paxsa, g’ishtdan yasalgan do’ppi (yarim sferik), kulohiy (sferokonik) xajmda mujas- Sam topgan va davr o’tishi b-n yangi im- koniyatlar asosida rivojlanib borgan. mksak badiiy mujassamotga aylangan. Yunoniston va Rim me’morligida chor- si, davra xonalar ustini berkitish uchun yarim sferik (yarim shar) shaqlidagi gum- baz turlari katta jamoat va diniy bino- larda keng ishlatilgan. Rimdagi Panteon (mil. 125 y.)ning katta davra binosi ro- tondasi ustiga o’rnatilgan yarim sferik g. eng qad. gumbaz hisoblanadi. G.ni bildi- ruvchi italyan atamasi «Kupola» (cupola — bochka) jahon me’morligi lug’atiga kirgan. Istanbuldagi mashhur Ayo so- fiya ibodatxonasining ulkan g.i ham eng qad. gumbazli binolar qatoriga kiradi. O’rta Osiyoda saqlangan qad. me’moriy yodgorliklar — mahobatli jamoat bi- nolari (saroy, masjid, xonaqoq, kar- vonsaroy, maqbara, hammom va b.), sar- dobalarda g.ning balxi gumbaz, charxi gumbaz, chortark gumbaz, chorkunjak gum- baz, piltavor, G’arovli, kuloqiy, Mir- zoiy, shalg’amiy turlari, ayrimlarida qo’sh (ichki va tashqi) g. ham mavjud. Sa- Roy, masjid, madrasa va b. binolar, maqbaralarning asosiy katta xonasi — xonaqohi mehrobiy g. b-n yopilgan. Balxi G. tuzilishi ancha sodda bo’lib, madrasa, hammom, karvonsaroy oddiy xonalari, qaznoq va b.da ko’p qo’llanilgan. Chor- tark g. esa to’g’ri to’rtburchak shakldagi kichik xonalarda bo’ladi. O’rta Osiyoda G.ning ilk namunalari Oqtepa (tosh- kent), Afrosiyob (Samarqand) va Xorazm qal’alarida uchraydi. 10 — 11-a.larda xonaning devor burchagidagi bag’ali ravoq shaqlida bo’lib, ustiga g. o’rnatilgan (q. Somoniylar maqbarasi). 12-a.dan g.lar baland bo’lishiga ahamiyat berilgan. 14-a.dan murabba tarhli xonalar burcha- giga ravoqli bag’allar ishlana boshlagan, ichkarisi ganchkor muqarnaslar b-n bez- atilgan, g.ning devorga tutash qismiga muqarnaslar ishlangan (q. Yassavip majmuasi). 15-a.dan g. b-n devor usti- ga g’o’lasimon va ko’p qirrali poygumbaz tiklanib, tepasiga qo’sh g. bog’langan, G.lar tashqi tomoni g’ishtin, sirkor, koshinkor bezatilgan (q. Amir Temur maqbarasi). 16-a.dan ichki g. shaqli yanada o’zgardi, poygumbazlarga darchalar Ochil- Di, qobirg’ali bezaklar paydo bo’ldi. Zamonaviy binolarda g. temir-beton, armosement, metall, plastmassadan ishlanmoqda (mas, Toshkentdagi moviy gumbaz qahvaxonasi, eski jo’va bozo- ri). Me’moriy yodgorliklar g.larini ta’mirlashda milliy me’morlik Mate- riallaridan tashqari, temir-betondan (mas, Toshkentdagi Yunusxon maqbarasi, Samarqanddagi Tillakori va Amir Temur jome masjidi, Imom al-Buxoriy majmu- asi va b. G.lari), shuningdek, armosement konstruktsiyalardan (mas, Andijondagi jome masjid va b.) foydalanilmoqda. Mustaqillik davri me’morligining ijobiy badiiy jihatlaridan biri g. shaqlidan dadil va keng foydalanishda kuzatilmoqda. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekistan milliy bog’idagi me’moriy shiyponi ustiga o’rnatilgan piltavor g. juda o’rinli va xushbichim chiqqan. G. shaqlidan foydalanish me’- morlik soxasida yangi-yangi ijodiy im- koniyatlarni ochib bermoqda.