GUNNLAR
GUNNLAR, hunnlar (lotincha Hunni) — milodiy 2 — 4-asrlarda turkiy hunlarning Uraloldi va Volga bo’yidagi o’g’ur (ugor) qabilalari bilan aralashuvidan tashkil topgan xalq. Milodiy 1-a.dahunlar Markaziy Mo’g’ulistondan Jung’oriyaga siqib chiqarilgan. Milodiy 155 -160 yillarda hunlarning katta qismi Uraloldi va Volga bo’yiga kelib mahalliy o’g’ur qabilalari bilan yagona qabila Ittifoqiga Birlashgan va shundan e’tiboran G’arb tarixiy manbalarida gunnlar deb atala boshlagan. Gunnlarning kelib chiqishi haqidagi ushbu qarash rus olimi K. A. Inostrantsev tomonidan olg’a surilib, u yagona turkiyzabon xalq — hunlarning g’arbiy tarmog’ini — Gunnlar, Sharqiy tarmog’ini — hunlar deb atashni taklif etgan. Bu fikrni ko’pchilik olimlar (S. V. Kiselyov, M. I. Artamonov, L. R. Kizlasov, N. Ya. Merpert, L. N. Gumilyov (Rossiya), Mak-Govern (Angliya), E. Pritsak (Chexiya) va boshqalar qo’llab-quvvatlashgan. M. Aji (Rossiya) Gunnlarni Dashti Qipchoq aholisi — qipchoqlar deb ataydi. 4-asrning 70-yillarida Gunnlarning g’arbga tomon ommaviy suratda siljishi boshlangan. Gunnlar alanlarni tobe etib, Balombir boshchiligida don daryosidan o’tganlar va yermanarix davlatini ag’darib (375) ostgotlarning katta qismini bo’ysundirishgan hamda 376 yilda vestgopiarim frakiyaga chekinishga majbur qilishgan. Up y. Gunnlar bevosita Rim imperiyasi bilan yuzma-yuz kelishgan. Kuchli otliq qo’shinga ega bo’lgan ko’chmanchi Gunnlarning shiddat bilan olg’a yurishlari zamondoshlarida ulkan taassurot krldirgan. Bu yurishlar tafsiloti ammian Marsellin (4-asr) va Iordan (6-asr) asarlarida ancha batafsil yoritilgan. Ularning xabar berishlaricha, Gunnlarning hayoti ovchilik bilan o’tgan, ular imoratlar qurishmagan, o’qlarini paykoni uchun temir o’rniga suyakdan foydalanishgan, qabila boshliqlari (yo’lboshchilar) ning merosiy hokimiyatidan bexabar bo’lishgan. Aftidan ko’proq bu hol hunlar atrofiga uyushgan o’g’urlarga tegishli bo’lgan; Gunnlarga tobe hududlardan topilgan 2 — 5-asrlarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Gunnlarda qadimdan o’ziga xos madaniyat mavjud ekanligidan darak beradi. Ov qiladigan yerlar va yaylovlarga bo’lgan ehtiyoj Gunnlarning Yevropaga bostirib kirishlarining asosiy sababi edi. G’arbiy Rim imperiyasi Gunnlardan germanlar va xalq harakatlariga qarshi kurashda ittifoqchi sifatida foydalandi (Gunnlarni Pollentsiya yaqinida 402 yilda Alarixni, 406 yil Etruriyada Radagaysni, 434 yil burgundlarni tor-mor etishda ishtirok etishlari va boshqalar). 395 — 397 yillarda Gunnlar Suriya, Kappadokiya va Mesopotamiyani talon-toroj etishgan, 408 yil Frakiyaga, 415 yil Illiriyaga bostirib kirishgan. 420 yilga kelib Pannoniyada o’rnashib olganlar. Podsho Rugila (vafoti 434 yil)ning jiyani Attila davri Gunn qabilalar Ittifoqining hududiy jihatdan eng kengaygan va harbiy qudrati eng yuksalgan payti bo’lgan. 445 yil Attila taxtdoshi va amakivachchasi Bledani qatl etib, butun hokimiyatni o’z qo’liga olgan; 448 yilga kelib Sharqiy viloyatlarda akasirlar (M. I. Artamonov ularni Gunnlarning bir qismi deb hisoblaydi)ning separatik harakatlari barham topgan. Gunnlarning asosiy yer-mulklari va podshoning qarorgohi Pannoniyada joylashgan. Gunnlar 447 yil Attila yo’lboshchiligida Sharqiy Rim imperiyasiga yurish qilib, Konstantinopol ostonalarigacha etib borganlar. Vizantiya elchisi Prisk attila bilan sulh bitimi tuzish haqida kelishib olgan, unga ko’ra ilgaridan Vizantiya to’lab kelayotgan tovon miqdori oshirilgan. 451 yil Attila o’ziga tobe bo’lgan barcha qabilalarni to’plab Galliyatya bostirib kirgan, yo’lida duch kelgan Mes, Strasburg, Vorms, Mayns va boshqa shaharlarni esa vayron qilgan. Gunnlar Orleanni qamal qilishgan, 451 yil 15 iyunda Katalaun jangida ular G’arbiy Rim imperiyasi va uning ittifoqchilaridan tashkil topgan qo’shin bilan to’qnashgan; 452 yil Italiyaga bostirib kirgan Gunnlar Akvileya va Milanni talon-toroj etishgan. Rimni qamal qilishganda Rim papasi Lev (Leon) I Attila oldida tiz cho’kib, katta tovon evaziga sulh tuzilishiga erishgan. Shunday qilib yoyiq (Ural) daryosidan Reyn daryosigacha cho’zilgan ulkan hudud Gunllar saltanati qo’l ostiga kirgan. Attila davrida Gunnlardagi ijtimoiy tuzum ularning Uraloldida yashagan ajdodlarining tuzumidan ko’p jihatdan farq qilgan. Mulkiy tabaqalanish kuchaygan. Priskning ma’lumotiga ko’ra, attilaning qarorgohi yog’ochdan yasalgan ulkan saroydan iborat bo’lgan, Gunnlarda Patriarxal qulchilik keng tarqalgan. Yo’lboshchilar hokimiyati endilikda merosiy bo’lgan. Biroq Gunnlar Yevropa sharoitida ham ko’chmanchi hayot tarzini o’zgartirmaganlar. Ularning ijtimoiy-jamoa tuzumi harbiy demokratiya bosqichida bo’lgan. Tobe etilgan qabilalar Gunnlarga soliq to’lab, ularning harbiy yurishlarida ishtirok etishardi. Qadimdan Gunnlar yagona osmon ruhi — tangriga sajda qilib, tangrichilik diniga e’tiqod qilishgan. Ba’zi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga ko’ra, xristian dinining juda ko’p ramzlari (masalan, xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qo’ng’iroqlari va boshqalar) milodiy 4-asrda Gunnlar bilan kelgan. Gunnlar bolani beshikka belaganlar, ot go’shtini yeb, sutini ichganlar. Attilaning vafotidan so’ng (453) o’g’illari o’rtasida taxt uchun boshlangan o’zaro nizo Gunnlarga tobe bo’lgan va Gunn qabilalar Ittifoqiga kiruvchi gepidlar va boshqa qadimgi german qabilalarining qo’zg’olon ko’tarishlariga sabab bo’lgan. Nedao daryosi bo’yida (Pannoniyada) Gunnlar yengilgan, qabilalar Ittifoqi tarqab ketgan. Gunnlar Qora dengiz buylariga chekingan, lekin bu erdagi Ug’ur qabilalari ularni tinch qo’ymagach, yana g’arbga tomon yo’l olganlar. 469 yil Frakiya hududiga kirganlarida, Vizantiya tomonidan to’xtatilganlar. Gunnlarning G’arbiy Yevropaga qilgan yurishlari G’arbiy Rim imperiyasining tanazzulga uchrashiga, eski ijtimoiy tuzum — quldorlik tuzumining o’rniga yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga turtki bo’lgan. Gunnlar nomi garchi ba’zan o’rta asr mualliflari tomonidan ko’pgina ko’chmanchi qabilalarni majoziy ma’noda atash uchun qo’llangan bo’lsada, Gunnlar xalq sifatida barham topgan. Gunnlarning qolgan-qutganlari Volga bulg’orlari tazyiqi ostida shimolga siljib chuvash xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Gunnlarning maxsus tarmog’ini aftidan Dog’iston Gunnlari (avarlar) tashkil etgan. 5-asrda ular dastlab, sosoniylarga qarshi qo’zg’olon ko’targan armanlarni qo’llab-quvvatlashgan, keyinchalik esa Kavkaz Albaniyasilagi qo’zg’olonni bostirish uchun sosoniylarga yollanganlar. Darbandning shimolda, markazi Varachan shahri bo’lgan kichik podshohlik (7-asrda xazarlarga vassal bo’lgan) Gunnlar bilan bog’liq bo’lgan deb taxmin etish mumkin. Yevropa xalqlari adabiyoti, san’ati (rassomlik, haykaltaroshlik, teatr) da Gunnlar bilan, xususan, Attila bilan bog’liq juda ko’plab asarlar yaratilgan. Ad.: Inostrantsev K. A., Xunnu i gunni, L., 1926; Gumilyov L. N., Xunnu. Sredinnaya Aziya v dr. vremena, M., 1960; Iordan, O proisxojdenii i deyaniyax getov, M., 1960. Faxriddin Hasanov.