Gunoh

Gunoh — diniy axloqiy tushun- cha. Diniy aqidalarga xilof ish yoki xatti-harakatni bildiradi. G. tushuncha- si qadimda turli taqiqlarni buzuvchi, axloqsiz odamning harakati ma’nosida qo’llanilgan. G. tushunchasi barcha din- larga xos. Ularning hammasida g. ish- lar qoralanadi. Islom dinida shirk, ya’ni Alloqni butunlay inkor etish yoki unga teng keladigan boshqa ilohiy kuch- lar bor deb e’tiqod qilish eng katta g. hisoblanadi. Shirkni Alloh kechirmay- Di. Ammo undan boshka katta va kichik G.larni xohlaganicha kechirishi yoki ma’- lum me’yorda jazolashi mumkin. Katta G.larning adadi to’g’risida Islom man- balarida turlicha fikrlar aytilgan. Ota-ona qarg’ishini olish, sehr-jodu b-n shug’ullanish, qotillik, zino, yolg’on guvoxlik berish, o’g’rilik, chaqimchilik, qimorbozlik, riyokorlik, firibgar- lik, harom qilingan narsalarni iste’- mol qilish, dilozorlik va h. k. katta G. hisoblanadi. Ba’zi Islom ulamola- ri katta g.lar sonini 300 tagacha sanab o’tishgan. Kichik G.lar esa behisobdir.