Guppilar qanday ko’payadi?

Agar uyingizda akvarium bo’lsa, ovqatlantirish oson, Akvarium sharoitida yaxshi yashaydigan, chiroyli va qaraganingizda zavq beradigan baliqchalar bo’lishini xohlaysiz. Guppi mana shu talablarga javob beradigan baliqcha, uni ba’zan «kamalakrang baliqcha» ham deyishadi. Nasl qoldirishi o’ziga xos ekani bilan guppi boshqa baliqchalardan ajralib turadi. Siz bu jarayonni akvariumingizda ham kuzatishingiz mumkin. Boshqa baliqlar singari uvuldiriq sochish o’rniga, u uvuldirig’ini tanasida ko’tarib yuradi. Uvuldiriqlar to’liq etilgach, tanadagi maxsus teshiklardan mayda baliqchalar kattalarining ayni nusxasi bo’lib chiqadi. Ular o’sha onda ham suzadigan, oziqlanadigan va ulardan mazaxurak bo’lmoqni istagan katta baliqlarga chapdast bo’ladilar. Aytmoq-chi, ona baliq och qolgan payti bolalarining bir nechtasini yeb qo’yishi mumkin. Jajji baliqlarni qutqarib qolishning oson yo’li bor. Endigina dunyoga kelganlarining ilk instinkti — yorug’likka intilish. Agar akvariumning nur tushib turgan tomoni suv o’tlarida quyuq bo’lsa, baliqchalar ko’p qurbon bo’lmaydi. Mayda baliqlarning yashirinishga joyi bo’lsa bas, ular katta baliqlarni hamisha dog’da qoldiradilar. Guppilar Janubiy Amerikaning Shimoliy qismidan, aynan Venesuela va unga chegaradosh mamlakatlardan tarqalgan. Ularning turlari qachonlardir trinidadlik Laxmer guppi tomonidan yig’ilgan va aniqlash uchun Britaniya muzeyiga jo’natilgan. Bu baliq olimlar tomonidan har xil nomlangan, hozirgi paytda faqat bitta: Lebistes Reticolatus nomi bilan yuritiladi. Bir vaqtlar u Girardinus Guppi deb ham aytilgan. Qisqartma nomi — «guppi» dunyo bo’ylab keng tarqaldi. Guppilarning erkagi modalaridan ko’ra yorqin tusda, modalarining o’zi ham bir-biridan salpal ajralib turadi. Qanchalik tirishmang, ularning aynan bir-biriga o’xshaganini topolmaysiz.