Guptalar davlati
Guptalar davlati – qad. Hind imperiyasi (4 — 6-a.lar). Taxm. 320 y. Chan- dragupta asos solgan (o’sha yildan bosh- lab Hindistonda Guptalar erasi hisobi boshlangan). Poytaxti — Pataliputra. Eng gullab rivojlangan davri (Chandra- Gupta II davri taxm. 380 — 414)da deyarli butun shim. Hindiston va b. bir qancha hududlarni o’z ichiga olgan. Skandagupta davri (455 — 467) da bo’ysundirilgan xalqlarning qo’zg’olonlari va salta- natning shim.garbiy chegaralariga EF- taliylarniig hujumlari boshlangan. 5-a. oxiridan parchalana boshlagan. 6-a. boshida eftaliylar g.D.ning g’arbiy qismini bosib olib, uni katta tovon to’lashga majbur etishgan. G.D. Marka- ziy Hindistondagi Mandasor davla- ti b-n ittifoq tuzib eftaliylarni mag’lubiyatga uchratgan bo’lsada, bu urush- lar natijasida nihoyatda zaiflashgan va natijada 6-a. oxirida barham topgan.