Gurlan

Gurlan — Xorazm viloyatidagi shaharcha (1982-1992 yillarda shahar), Gurlan tumani markazi. Yaqin t.y. Stan- tsiyasi Shovot — 20 km. G.dan viloyat Mar- kazi Urganch sh.gacha 36 km. O’rtacha t-ra iyulda 26-28°, yanv.da -6°. Aholisi 24,0 ming kishi (2002). G.da hokimiyat binosi, aloqa bo’limi, mehmonxona, 2 transport korxonasi, «Gurlanteks» ip gazlama va trikotaj kiyimlar f-kasi, 7 umumiy ta’lim maktabi, 8 kutubxona, madaniyat va istiroxat bog’i, stadion, 2 kasalxona, 4 poliklinika, dorixona bor.