Gurxon

Gurxon (turkcha-mo’g’ulcha “qur-g’ur”-majlis, qabilalar birlashmasi)-ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyodagi ba’zi ko’chmanchi xalqlarda teng huquqli qabilalar ittifoqiga rahbarlik qiluvchi xon unvoni. Qoraxitoylar xoni ixtiyoriy ravishda birlashgan 8 qabila uyushmasi rahbari bo’lgani uchun Gurxon unvoniga ega edi.