Gusarlar

Gusarlar (vengercha birlikda hussar)-yengil qurollangan otliq askarlar. Dastlab 1458 yili Vengriyada Matyash Korvin davrida dvoryan otliq lashkarlardan tuzilgan. Keyinchalik Gusarlar eskadron va polklari ko’pgina Yevropa davlatlarining armiyalarida paydo bo’lgan. Polshada XVI-XVII asrlarda Gusarlar-og’ir kavaleriya. Rus armiyasida 1650 yildan 1917 yilgacha saqlangan. XX asr boshlarida Rossiyada 20 ta (shundan 2 tasi gvardiyachi) Gusarlar polka bo’lgan.