Dabir

Dabir (sug’dcha)-mamlakat hukmdorining shaxsiy kotibi. Ilk o’rta asrlardan boshlab manbalarda uchraydi. Katta va kichik ma’muriy hudud hukmdorlarining mahkamasida kotib. Samarqandda Afrosiyob devoriy suratlari orasidagi sug’dcha yozuvda kotiblar boshlig’i – dabirpat. Dabirlar chuqur bilimli yetuk odamlar bo’lishgan. Ular din, tarix, adabiyotni puxta bilishi, ajoyib uslubda yozishi va voqeani chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi lozim edi. Dabirning sifatlarini Nizomiy Aruziy Samarqaniy o’zining “Chor maqola” (To’rt maqola) asarida batafsil bayon etgan. Hukmdorning boshqa hukmdorlar bilan yozishmalari yuqori saviyada bitilishida Dabirning mas’uliyati ulkan bo’lgan.