DABIR

DABIR (so’g’dcha) – mamlakat hukmdorining shaxsiy kotibi. Ilk o’rta asrlardan boshlab manbalarda uchraydi. Katta va kichik ma’muriy hudud hukmdorlarining mahkamasida kotib. Samarqandda Afrosiyob devoriy suratlari orasidagi so’g’dcha yozuvda kotiblar boshlig’i – dapirpat. Dabirlar chuqur bilimli yetuk odamlar bo’lishgan. Ular din, tarix, adabiyotni puxta bilishi, ajoyib usulda yozishi va voqeani chiroyli so’zlar bilan ifodalar bilishi lozim edi. Dabirning sifatlarini Nizomiy Aruziy Samarqandiy o’zining “Chor maqola” (“To’rt maqola”) asarida batafsil bayon etgan. Hukmdorning boshqa hukmdorlar bilan yozishmalarining yuqori saviyada bitilishida Dabirning mas’uliyati ulkan bo’lgan.