Gurzuvon, Gurzivon, Jurzuvon
Gurzuvon, Gurzivon, Jurzuvon — Afg’onistonning shim.da joylash- gan o’rta asrlardagi tarixiy shahar va viloyat. 10-a.da g. — maxalliy xukmdor- larning yozgi qarorgohi. G. shahri tog’lar orasida joylashganligi tufayli iqlimi juda sog’lom va musaffo bo’lgan. 12-a.da mustahkam qal’aga ega g. va uning atro- fidagi tog’dovonlari Makkani eslat- gan. 10-a.da g.da ko’plab miqdorda yaxshi «nabiz», ya’ni vino ichimligi tayyorlan- gan. Muhammad Xorazmshohning (13-a. boshi) g.da o’z zarbxonasi bo’lgan. G.da G’uriylarnmng «Malik» unvoniga ega bo’lgan noiblari turishgan. Ulardan biri — Husayn Xarmil g’uriylar qo’shinining ilg’origa qo’mondonlik qilgan. 15-18- a. birinchi yarmida g.ga ko’plab yirik qishloqlar tobe bo’lgan. O’rta Osiyoga Shapboniyxon qo’shinlari bostirib kir- ganda (1503) Husayn Boyqaro o’g’li ba- diuzzamon Mirzoga g.ni mustahkamlash zarurligi haqida noma yuborgan. Nodir Muhammadxon davrida (1631) g. Abdula- ziz sultonga tegishli mulk (iqto) bo’lgan. Ad.: Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya Geo- grafiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazimnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.