Gusenisa
Gusenisa (rus.) — zanjirli g’ildirak; bir-biriga oshiq-moshiqdek biriktiriladigan qismlardan ibo- rat tutash lenta yoki zanjir. Traktor, buldozer, tank, odimlovchi kranlar, quvur yotqizgichlar, ekskavator va b.ning o’tuvchanligini oshirish uchun ishla- tiladi. G.ning ichki tomonida botiq va chiqiqlari bor. Mashina etakchi g’ildiragidagi tishlar g. botiqlariga kirib, uni olg’a intiltiradi. G. mashina- ning ikki tomonida g’ildiraklar ostiga go’yo poyondoz to’shalganday yoyilib bora- Di. G.ning tashqi sirtidagi chiqiqlari mashinaning er b-n yaxshi tishlashuvini (sirpanib ketmasligini) ta’minlaydi. G. metall, rezina-metall va rezinadan yasalishi mumkin.