GVADIANA

GVADIANA (Arabcha, vodiy — daryo va lotincha anas — Gvadiananing qadimgi nomi) — Ispaniya va Portugaliyadagi daryo. Uzunligi 820 kilometr, havzasining maydoni 68 ming kilometr kvadrat. La- Manch platosidan boshlanib, Atlantika okeanining Kadiss qo’ltig’iga quyiladi. Sug’orishda foydalaniladi. Qishda va bahorda to’lib oqadi. O’rtacha suv sarfi 80 m3/sek. Quyi oqimida kema qatnaydi. Katta suv ombori va GES qurilgan.