Hafta

Hafta (forscha.-tojikcha) — vaqt o’lchov birligi. Yetti sutka (dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba) dan iborat. Hafta deyarli barcha xalqlarda qadimdan mavjud. Yetti kunlik Hafta dastlab Sharkda qo’llangan, milodiy 1-asrdan Rimda ishlatilgan. Qadimda xalqlar nazarida 7 raqami g’ayri tabiiy «muqaddas» son hisoblangan. Astronomik jihatdan esa Hafta oy fazalariga qarab belgilangan. Masalan, qadimgi bobilliklar. oy fazasining taxminan 29,5 kunda o’zgarib turishini aniqlaganlaridan so’ng oy deb atalgan vaqt o’lchovi birligi bo’lganligi uchun 1 oyning har biri 7 kunga teng chorakka bo’lingan. Ba’zi xalqlarda besh kunlik va o’n kunlikdan iborat Hafta bo’linishlari bo’lgan; masalan, o’n kunlik Hafta (dekada) qadimgi misrliklarda, keyinchalik frantsuz burjua inqilobi kalendarida mavjud bo’lgan.