Ham yerda, ham suvda yashovchilar nima?

Ham yerda, ham suvda yashovchilarning yana bir nomi amfibiyalardir. Bu so’z yunonchada «ikki hayotda ham yashaydiganlar» ma’nosini beradi. Ham yerda, ham suvda yashovchilar hayotining avvalini suvda, keyin quruqlikda o’tkazadilar. Ham yerda, ham suvda yashovchilarning uch guruhi mavjud: ular qurbaqalar, salamandrlar va chuvalchanglardir. Triton (kaltakesaksimon jonivor)larning ko’p turi salamandrlarga mansub. Chuvalchanglar uyalarda yashaydigan maxluq. Ularning na dumi, na oyog’i bor, ko’zi esa ko’rmaydi. Ham yerda, ham suvda yashovchilarning 1040 dan ziyod turi bor. Ularning hammasining bo’yi bir metrga yetmaydi, faqatgina Yaponiyada yashaydigan salamandrning bo’yi 1,5 metr chiqadi. Qurbaqalar ancha tez harakat qilsa-da, ham yerda, ham suvda yashovchilar na kuchi, na harakati bilan ajralib turadi. Xilvatda yashashga moyillik va ko’zga tashlanmaydigan rang-ularning himoya vositasidir. Bundan tashqari, ham yerda, ham suvda yashovchilarning deyarli barchasi teri bezlaridan zaharli modda ajratib chiqaradi va bu o’zlarini dushmanlaridan muhofaza etishga xizmat qiladi. Ham yerda, ham suvda yashovchilar voyaga yetgach, aksariyatida o’pka paydo bo’ladi, ammo ular terisi yordamida ham nafas oladilar. Ham yerda, ham suvda yashovchilar ob-havosi issiq va mo’tadil bo’lgan joylarda yashaydi. Odatda, ular sho’r suvlarda hayot kechirmaydi. Garchi ham yerda, ham suvda yashovchilarning voyaga yetganlari quruhlikda yashasa-da, urchish davrida suvga qaytadilar. Ular shu yerga tuxum qo’yadilar va dunyoga kelgan yangi avlod itbaliq misoli, asosan o’simliklar bilan oziqlanib, shu yerda hayotining boshlang’ich qismini o’tkazadi. Ham yerda, ham suvda yashovchilarning ayrimlari o’z tuxumlarini ancha g’alati tarzda qo’riqlaydi. Braziliya qishloqlarida yashaydigan qurbaqaning modasi tuxum qo’yish uchun loydan uya yasaydi, ayni vaqtda erkagi vaq-vaq qilib o’tiradi. Surinam cho’lbaqasi tuxumini yelkasida saqlaydi. Ham yerda, ham suvda yashovchilarning ayrimlari suvda hech bir muhofazasiz, odatda, yuzlab urug qo’yadi va ularni bir chiziqqa ulab chiqadi yoki bir joyga uyub, ustini yopishqoq modda bilan surtib ko’yadi. Oz urug’ tashlaydiganlari o’z nasli haqida qayg’uradi.