Harbiy jinoyatlar
Harbiy jinoyatlar harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy mashqni o’tash davrida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni o’tashning belgilangan tartibiga qarshi qilingan jinoyatlar. Bunday jinoyatlar bo’ysunmaslik, ya’ni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buy-ruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik, boshliqqa qarshilik ko’rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish, boshliqni qo’rqitish, uni haqorat qilish yoki boshliqning o’ziga bo’ysunuvchini haqoratlashi, marodyorlik, harbiy qism yoki xizmat joyini o’zboshimchalik bilan tashlab ketish, dezertirlik, harbiy mulkni sakdash va undan foydalanish tartibini buzish kabi shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining Jkda harbiy xizmatni o’tash tartibiga qarshi jinoyatni sodir qilganlik uchun tegishli jazo belgilangan (279-302-moddalar).