Hasan ibn Ali

Hasan ibn Ali (625-669) – Ali ibn Abu Tolibning (Fotimadan tug’ilgan) o’g’li, Muhammad (sav)ning nabirasi, 2-shia imomi. 661 yilda Ali o’ldirilgandan keyin uning tarafdorlari Hasanni Iroqda xalifa deb e’lon qilgan va Muoviya I hokimiyatiga qarshi kurashni yangitdan boshlashga da’vat etgan. Lekin, Hasan Muoviya I bilan muzokaralar olib borib, u bilan kelishgan, o’ziga in’om etilgan katta mablag’ hisobiga hokimiyatga da’vo qilishdan voz kechib, Madinaga ko’chib ketgan va u yerda vafot etgan (shialik rivoyatlari bo’yicha zaharlab o’ldirilgan).