Havo transporti, aviatsiya transporti

Havo transporti, aviatsiya transporti — yo’lovchilar, pochta va yuklarni havo yo’llari orqali tashishni amalga oshiradigan transport turi. Uning afzalligi shundaki, yuqori uchish tezligi hisobiga tashish vaqtini juda tejaydi, yer va suv yo’llari bo’lmagan manzillar bilan bevosita transport aloqasini yo’lga qo’yish imkoniyatlarini yaratadi. Dastlabki Havo transporti 1-jahon urushidan keyin Yevropa va Amerika davlatlarida vujudga keldi. Germaniya va Frantsiyada transport turi sifatida 1920-21 yillarda rivojlandi. O’zbekistonda birinchi havo yo’li 1929 yil 12 mayda ochildi. Uzunligi 800 kilometr bo’lgan Toshkent—Avliyoota (Taroz) — Pishpek (Bishkek) — Olmaota marshrutida Rossiya ko’ngilli havo floti jamiyati («Dobrolyot»)ning O’rta Osiyo bo’limi (Kogon shahri)ga qarashli Germaniyadan sotib olingan «Yunkers—13» samolyotlarida dastlabki yo’lovchilar tashish reysi amalga oshirildi. Shu yili uzunligi 450 kilometr bo’lgan Kogon—oq-to’qay— Darg’onota—Xiva hamda Buxoro—Termiz—Dushanba havo yo’llari ochildi. 1924 yilda Havo transportida jami 1000 yo’lovchi, 200 kilogramm pochta jo’natmalari, 5 tonna yuk tashildi. 1930-yillar boshidan O’zbekiston havo transportida yuk va yo’lovchilar tashish ommaviy tus oldi, 1930 yildan Toshkent— Moskva yo’lida samolyotlar muntazam qatnay boshladi. Toshkent (1932), Nukus va Urganch (1939), Termiz (1940), Namangan (1941) shaharlarida aeroportlar qurilib ishga tushirildi. 2-jahon urushidan keyingi yillarda Il—12, yl—14. Li2 va turli difikasiyadagi an—2 samolyotlari tonna parklariga berildi. 1957-58 yillarda havo yo’llarida tu—104, P—18, an-24, Yak-40 samolyotlari, mi1, mi2, ka26 ver- totlari o’zlashtirildi, mahalliy havo kelarida an—24, yak—40 samolyotlari qatnay boshladi. Ayni vaqtda dalalarga mineral o’g’itlar va zararkunanda hasharotlarga qarshi preparatlar sepishda, g’o’zani defoliatsiya qilish ishlarida avianiyadan keng foydalanildi. Qo’qon (1947), Samarqand (1948), Qarshi (1955), Buxoro (1963) va Toshkent yaqinidagi Sergeli (1961) da yangi aeroportlar qurildi. 1974 yilan il-62, 1977 y.dan tu—154 samolyotlari, 1982 yil dekabrdan il—86 aerobuslari respublika havo yo’llarida ucha boshladi. 1980 yilga kelib O’zbekiston havo transporti havo yo’llarining uzunligi 155 ming kilometrdan ortiq bo’ldi (shu jumladan, mahalliy havo yo’llari uzunligi 60,1 ming kilometrni tashkil etdi). O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, 1992 yil 28 yanvarda sobiq Ittifoq fuqaro aviatsiyasi vazirligi tasarrufida bo’lgan O’zbekiston Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi negizida «O’zbekiston havo yullari» milliy aviakompaniyasi tashkil etildi. Havo transporti O’zbekiston iqtisodiyotida yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi, mamlakatning tashqi dunyo bilan xalqaro, iqtisodiy, diplomatik, madaniy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg’ona, Navoiy shaharlarida zamonaviy jihozlangan aerovokzal (aeroport)lar ishlaydi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand, Urganch aeroportlari ham xalqaro aeroport maqomiga ega. «O’zbekiston havo yo’llari» mil-liy aviakompaniyasi muntazam holda 20 ta xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Yevropa, Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo, MDH davlatlari shaharlarida uning 44 ta vakolatxonalari ochilgan. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi hukumati yordamida aviatsiya tarmog’iga 1 milliard 200 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritildi va rivojlangan zamonaviy infratuzilma barpo etildi. Barcha xalqaro reyslar «Boing» 767/757, A-310, yu-85 rusumli samolyotlarda bajariladi. «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi Yevropadagi yirik «Erbas Indastri», AQShning «Boing» kompaniyalari, Rossiyaning «Ilyushin» konstruk-torlik byurosi, Germaniya, Frantsiya firmalari bilan turli sohalarda hamkorlik qiladi. Shunday hamkorlik natijasida 1993 yildan milliy aviakompaniya sotib olgan «Erbas» A—310— 300 aerobuslari, «Boing» laynerlari xalqaro reyslarda yo’lovchilarga xizmat qo’rsata boshladi. 2004 yilda «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi 3 ta «Boing 757» va «boing 767» samolyotlarini sotib oldi va G’arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan samolyotlari soni 16 taga yetdi. Respublika Havo transporti uchun uchuvchilar, texnika xizmati tarkibi, yerdagi xizmat xodimlari «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasining uchish o’quv-texnika markazi (1943 yil 15 mayda tashkil etilgan), Toshkent aviatsiya institutda tayyorlanadi. 2003 yilda O’zbekiston Havo transportida 0,8 million yo’lovchi, 5,9 ming tonna yuk tashildi, yo’lovchi aylanmasi 3956,5 ming yo’lovchi kilometrni, yuk aylanmasi 95,3 ming tonna kilometrni tashkil etdi. Chet mamlakatlarda Havo transporti AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya va boshqa davlatlarda rivojlangan. Bu mamlakatlardagi aviakompaniyalarda 300 va undan ortiq yo’lovchiga mo’ljallangan fuqaro samolyotlari, og’ir yuk transport samolyotlari keng qo’llanadi.