Havo hujumidan mudofaa

Havo hujumidan mudofaa dushmanning havodan qiladigan hujumlarini qaytarish hamda qo’shinlar, sanoat rayonlari, ma’muriy-siyosiy markazlar va aholini havodan beriladigan zarbalardan himoya qilish uchun amalga oshiriladigan tad-birlar majmui va jangovar harakatlar. Zenit raketa qo’shinlari, Zenit artilleriyasi, qiruvchi aviatsiya va boshqa kuch va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Havo hujumidan mudofaaning asosiy vazifasi dushman havo hujumi boshlanishini aniqlash, u haqida ogohlantirishdan hamda dushmanning Zarbdor quchlari va vositalarini havoda yo’q qilishdan iborat. Bundan tashqari, dushmanning havo razvedkasi vositalariga, havo desantlariga qarshi parvoz chog’ida kurash olib borishga, havoda hukmronlikni qo’lga kiritishda qatnashishga qodir. Ana shu vazifalarni bajarish uchun Havo hujumidan mudofaa qo’shinlari tinchlik davrida jangovar navbatchilikda turadi. Urush davrida esa quruqlikdagi qo’shinlarning havo hujumiga qarshi qo’shinlari va qismlari hamda harbiy-havo kuchlari bilan birgalikda Respublika va Qurolli kuchlarning Havo hujumidan mudofaa yagona tizimini tashkil etadilar.