Haybatsoqi

Haybatsoqi (1846 – hozirgi Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati — 1906) — soqi. Haybatsoqi ko’plab doston, terma, qo’shiqlarni yoddan bilgan, do’mbirani turli usullarda cherta bilgan va jarangli ovoz sohibi bo’lgan. Haybatsoqi mashhur Qunduzsoqining shogirdi sifatida an’anaviy Laqay soqichilik maktabiga xos bo’lgan «Go’ro’g’li» turkumidagi dostonlardan «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «Go’ro’g’lining gurjistonga borib, Avazxonni olib kelishi», «Ahmadning Go’ro’g’liga da’vosi», «Go’ro’g’lining qoshiga ikki elchining kelishi», «Ko’ktemir savdogarning Avazxonga dori berishi», «Go’ro’g’lining Rayhonarab bilan urushi», «Go’ro’g’lining sanam va Gavhar nomli qizlari», «Avazxon va Qorako’z», «Avazning girdob ko’liga safari», «Guloyimpari», «Nurali» kabi dostonlar va xalq qo’shiqlarini ijro etib, o’ziga xos maktab yaratgan. Haybatsoqining o’g’li To’lasoqi (1886-1968) ham yirik Go’ro’g’lixon sifatida mintaqada shuhrat qozongan.