Haydarov Boriy Azizovich
Haydarov Boriy Azizovich (1909.23.12 – Toshkent — 1986.21.5) — aktyor, dublyaj rejissyori. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1969). Leningrad sahna san’ati institutini tugatgan (1932). Faoliyatini «O’zbekkino»da boshlab (1928-29), so’ngra «Lenfilm», «O’zbekfilm», «Turkmanfilm», «Tojikfilm» studiyalari filmlarida aktyor sifatida qatnashgan. 1946 yildan «O’zbekfilm»da dublyaj rejissyori bo’lgan. «Mening Vatanim», «Yer qoni», «Umbar», «Volochaev kunlari», «Azamat», «uning nomi Suxe-Bator», «o’lim qudug’i», «jarroh», «do’stlar qayta uchrashadilar» kabi filmlarda turli xarakterdagi rollar ijro etgan. «Razvedkachi jasorati», «qishloq o’qituvchisi», «Bir yilning to’qqiz kuni», «tinch okar Don», «Ona Hindiston», «Ochilgan qo’riq» singari 250 dan ortiq filmning dublyaj rejissyori bo’lgan.