Hayvonlar orientatsiyasi

Hayvonlar orientatsiyasi (Fransuzcha ogeshagyup — Sharq tomonga yo’nalish), bioorientatsiya, mo’ljal olish — hayvonlarning o’z mavqei yoki o’rnini fazoda, o’z turi individlari yoki boshqa turlar o’rtasida aniqlash qobiliyati. Hayvonlar orientatsiyasi — tashqi muhit to’g’risida retseptor sistemasi orqali axborot olish, uni Markaziy nerv sistemasida qayta ishlash, solishtirish va javob reaktsiyasini shakllantirishni o’z ichiga oladigan murakkab jarayon. Signallarni qabul qilish va qayta ishlash obrazni tanib olish va signal manbai holatini aniqlashdan iborat. Orientatsiya usullari — muayyan ekolog’ik sharoitga nisbatan morfo-fiziologik moslanish natijasi. Optik orientasiya fotoretseptorlar bilan bog’liq. Ko’pchilik hasharotlar qutblanadigan yorug’likni, ayrimlari ultrabi-nafsha nurlarni qabul qiladi. Qushlar va sut emizuvchilar yerdagi ob’yektlarga, shuningdek, Quyosh, Oy va yulduzlar holatiga qarab mo’ljal olish qobiliyatiga ega. «Uy instinkti» landshaft xususiyatlari va bionavigasiya mexanizmlari bilan bog’liq. Ko’pchilik hayvonlar oziq qidirish, o’z juftini topish, migrasiya va tarqalishda hid yordamida mo’ljal oladi. Ayrim kapalaklar (tovusko’z pilla o’rovchilar) erkagi urg’ochisini 10 kilometr masofadan topadi. Akustik orientatsiya — ko’rish cheklangan suv muhiti va qalin o’tlar o’sgan biotoplar uchun qulay. Ko’pchilik yirtqichlar o’z o’ljasini tovush orqali topadi. Boyug’li shitirlagan ovoz yordamida o’z o’ljasining o’rnini 15-20 metr masofadan g aniqlikgacha biladi (passiv lokatsiya). Ko’rshapalak va delfinlar exolokasiyadan foydalanadi. Termoretsepsiya — issiq nurlanishni qabul qilish xususiyati inlardagi kemiruvchilarni ovlaydigan, tumshug’ida havo haroratining mingdan bir gradusgacha o’zgarishini sezadigan maxsus bogiq organ — termoreseptor bo’lgan qalqontumshuq va bo’g’ma ilonlar uchun xos. Ko’pchilik tuban umurtqasizlar (masalan, planariyalar), hasharotlar (pashshalar, qo’ng’izlar, termitlar), ehtimol qushlar va suvda yashovchi sut emizuvchilar yer magnit maydoniga qarab mo’ljal oladi. Baliqlar yon chiziqlar yordamida suv oqimiga qarab, elektr organlari yordamida elektr maydoniga qarab mo’ljal oladi. Hayvonlar orientatsiyasi — har xil aloqa vositalari orqali olingan axborotlarni solishtirish natijasi, ya’ni integral reaktsiya. Bu jarayonda vaziyatga qarab u yoki bu resep- tor sistema asosiy ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Bunday mexanizm mo’ljal olishning aniqligini, uning moslanuvchanlik xususiyatini oshiradi. Hayvonning orientasion xatti-harakatiga populyatsiya, poda, gala yoki koloniyadagi boshqa individlar tomonidan tegishli tuzatish kiritiladi. Migratsiyada, ko’payish yoki yosh individlarning o’sishi davrida hayvonlarning guruh bo’lib yashashining afzalliklari ham ana shundan iborat.