Hijriy

Hijriy yil hisobi-musulmonlar yil hisobi. Muhammad Payg’ambarning Makkadan Madinaga ko’chisi bilan bog’liq. Hijriy yil qamariya (hijriy-qamariy yil) va shamsiya (hijriy-shamsiy yil)ga bo’linadi. Qamariya bo’yicha yil hisobi 622 yilning 16 iyulidan boshlangan bo’lib, 12 oydan iborat, bir qamariy yil 354 kunga teng. Qamariy yilda 1,3,5,7,9 va 11 oylar 30 kundan, qolganlari 29 kundan butun qilib olingan. Oylar tartibi bilan muxarram, safar, rabiul avval, rabiul oxir, jumodil avval, jumodil oxir, rajab, sha’bon, ramazon, shavval, zulqada va zulhijja deb ataladi. Qamariy yil tropik yildan, ya’ni hozirgi grigoriy kalendaridan 10-12 kun qisqa. Shamsiya bo’yicha yil hisobi 622 yilning bahorgi tengkunlik kuni, ya’ni 21 martdan boshlab hisoblanadi. Keyingi yil boshlari esa 20-21 yoki 22 martga to’g’ri keladi. Davomiyligi jihatdan grigoriy kalendaridagi kabi 365 yoki 366 kundan iborat. Shamsiya bo’yicha oylarning nomlari xut, hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jaddi va dalv bo’lib, bu oylar doimo yilning bir vaqtlarida keladi. O’rta Osiyoda oldin qamariy hisobi ham, shamsiya hisobi ham ishlatilib kelingan.